“Profex” brendi patentlandi

Profex brendi logosi

Profex haqida

Profex — buxgalteriya, kadrlar boshqaruvi, soliq maslahati va yuridik xizmatlar bo‘yicha kompleks yechimlarni taqdim etuvchi zamonaviy brend hisoblanadi. Kompaniya o‘z faoliyatini Toshkent shahrida boshlagan bo‘lib, qisqa fursatda yuzlab tadbirkorlar, korxonalar va tashkilotlarning ishonchini qozondi.

Profex jamoasida 15 dan ortiq tajribali mutaxassislar faoliyat olib boradi, va shu kungacha 150 dan ortiq mijoz bilan muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirilgan.

Profex jamoasi o‘z oldiga sifatli, qonuniy va zamonaviy buxgalteriya xizmatlarini keng auditoriyaga taqdim etish, kichik va o‘rta biznesning rivojlanishida ishonchli tayanch bo‘lishni maqsad qilgan.

Kompaniya nafaqat buxgalteriya xizmatlarini ko‘rsatadi, balki moliyaviy xavfsizlik, soliq barqarorligi va HR tizimini to‘liq yuritish bo‘yicha ham strategik hamkorlikni taklif qiladi. Ayniqsa, yangi tashkil etilgan MChJlar, eksport-import faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, IT va xizmat ko‘rsatish sohasidagi kompaniyalar uchun Profex o‘z vaqtida ham moslashtirilgan xizmatlari taqdim qiladi.

Profex qanday xizmatlar ko‘rsatadi?

Profex quyidagi asosiy yo‘nalishlarda xizmatlarni taklif qiladi:

  • To‘liq buxgalteriya yuritish – 1C va boshqa tizimlar orqali hujjat yuritish, soliq va moliyaviy hisobotlarni tayyorlash.
  • Kadrlar bo‘limi yuritish (HR services) – ishga qabul, ishdan bo‘shatish, buyruqlar, shtatlar jadvali, ish haqi hisoblash.
  • Soliq strategiyasi va maslahati – soliq to‘lovlarini qonuniy optimallashtirish, deklaratsiyalar tayyorlash.
  • Yuridik xizmatlar – kompaniya ro‘yxatdan o‘tkazish, nizomlar tayyorlash, shartnoma hujjatlarini yuritish.
  • Tashqi savdo hujjatlari – kontraktlar, invoice, packing list, bojxona deklaratsiyalarini tayyorlash.
  • Ichki audit va moliyaviy tahlil – korxona ichki buxgalteriya yurituvini tekshirish, tavsiyalar berish.

Profex har bir mijozning ehtiyojini inobatga oladi. Hisobot va hujjatlar qonunga mos, tushunarli va ochiq tarzda tayyorlanadi. Kompaniya ishonchli va uzoq muddatli hamkorlikni maqsad qilgan, har doim tadbirkorlar yonida bo‘ladi.

Bog‘lanish uchun:

+998 55 515 55 06

“Profex” brendi Patentchi jamoasi tomonidan patentlandi

Profex brendi O‘zbekiston Respublikasida rasmiy ravishda Patentchi (Amaan) agentligi orqali patentlangan. Bu brend nomi, logotipi va tijorat belgilarining qonuniy muhofazaga olinganini anglatadi.

Patentchi — O‘zbekistondagi ishonchli patent agentliklaridan biri bo‘lib, ko‘plab mashhur brendlar, kompaniyalar bilan hamkorlik qilgan. Aynan Profex nomini rasmiylashtirishda ham Patentchi jamoasi o‘zining professional yordamini ko‘rsatdi.

Biz bilan bog‘lanish uchun:
Telefon: +998 91 009 66 30
Telegram: @Manager_Amaan

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan