Xalqaro patentlash agentligi | Patentchi bilan brendingizni xalqaro himoyalang

Xalqaro patentlash bu brend yoki tovar belgisini dunyo miqyosida himoya qilish deganidir. Biznesmen o’zi ko’rsatayotgan xizmat yoki ishlab chiqaroytgan mahsulotini eksport qilmoqchi ya’ni chet elda ham sotmoqchi bo’lgan vaqtlarda xalqaro patentlash jarayoniga ehtiyoj sezadi.
Bu jarayon qanday bo’lishi haqida quyida batafsilroq so’z yuritamiz. Ha aytgancha tovar belgingizni tezkor xalqaro patentlamoqchi bo’lsangiz Patentchi sizga yordamga tayyor:
⭐️ Patentchi
Mahalliy va xalqaro patentlash o’rtasidagi farqlar:
1. Hududiy jihatdan
Ya’ni brendingizni agar mahalliy patentlab olgan bo’lsangiz, bu boshqa davlatlarda amal qilmaydi. Siz bilan bir xil nom ostida qo’shni davlatlarda mahsulot ishlab chiqarishlari yoki xizmat ko’rsatishlarini cheklash imkoniyati bo’lmaydi.
2. Ariza berish tartibi
Mahalliy patentlash uchun Adliya vazirligining intellektual mulk agentligiga murojaat qilinsa, xalqaro patentlash uchun PCT orqali xalqaro ariza topshiriladi.
3. Narx jihatdagi farqlar
Mahalliy patentlash nisbatan arzon bo’ladi. Xalqaro patentlashda esa har bir davlat uchun ma’lum miqdorda qo’shimcha pul to’lashga to’g’ri keladi.
Brendingizni xalqaro tajribaga ega agentlikda patentlang. Patenchi sizga yordamga tayyor