Patentlashga oid atamalar glossariysi

(Patentlash jarayonida eng ko’p ishlatiladigan atamalarga sodda va tushunarli izohlar)
Maqola haqida xulosa (summary): Maqolada patenlash, tovar belgisi, yuridik himoya qilish kabi mavzularga oid ko’p qo’llanadigan atamalarning izohlari keltirilgan. Masalan, tadbirkorlar Adliya Vazirligi tomonidan patent olmoqchi bo’lsalar «tovar belgisi nima?» degan savolga duch kelishlari mumkin. Maqolada bular haqida oson va sodda tilda izohlar berilgan.
Patentlash jarayoniga kirishgan tadbirkorlar, startap egalari yoki brend asoschilari bir muammoga duch keladi. U ham bo’lsa hujjatlarda va mutaxassislar bilan suhbatda uchraydigan murakkab atamalarni tushunmaslik. Maqolada patentlash sohasida eng ko‘p ishlatiladigan asosiy atamalar oddiy va tushunarli tilda izohlanadi.
Patent
Patent: davlat tomonidan beriladigan rasmiy huquqiy hujjatidir. U ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasiga bo‘lgan mutlaq huquqni tasdiqlaydi. Patent egasi o‘z ruxsatisiz boshqalar uning ixtiro yoki brendidan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik huquqiga ega bo‘ladi.
Tovar belgisi (Brend nomi)
Tovar belgisi: mahsulot yoki xizmatlarni boshqalardan ajratib turuvchi nom, logo, belgi, rang yoki ularning kombinatsiyasi. Kundalik hayotda bu ko‘proq “brend belgilari” deb yuritiladi.
Patentlash
Patentlash: ixtiro, tovar belgisi yoki boshqa intellektual mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni. Ushbu jarayon oxirida yuqoridagi yo’nalishlardan birortasi bo’yicha huquqiy himoya vujudga keladi.
✅ Haqiqiy huquqiy himoyani patent bo’yicha mutahsislarga ishoning
Talabnoma
Talabnoma: patent olish uchun Adliya vazirligiga topshiriladigan rasmiy hujjatlar to‘plami. Unda ariza beruvchi, obyekt tavsifi, sinflar va boshqa muhim ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Ekspertiza
Ekspertiza: talabnoma topshirilgandan so‘ng mutaxassislar tomonidan olib boriladigan huquqiy va texnik tekshiruv. Bu bosqichda brend nomining o‘xshashligi, qonuniyligi va ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati baholanadi.
O‘xshashlik darajasi
O‘xshashlik darajasi: yangi topshirilayotgan brend nomi yoki logotipning avval ro‘yxatdan o‘tgan belgilar bilan qanchalik yaqin yoki farqli ekanini ko‘rsatuvchi mezon.
Xalqaro klassifikatsiya (Nitsa sinflari)
Bu: tovar va xizmatlarni 45 ta sinfga ajratib beruvchi xalqaro tizim. Patentlash jarayonida aynan qaysi sinfda himoya olinishi muhim.
Agar patent sinflarni aniqlashda qiynalayotgan bo’lsangiz siz uchun barcha patent sinflarini bir joyga yig’ib qo’ydik, yuklab olish imkoniyatingiz ham bor
🟢 Patent sinflari bo’yicha oson qo’llanma 2026
Ustuvorlik sanasi
Ustuvorlik sanasi: talabnoma topshirilgan rasmiy sana bo‘lib, aynan shu sana patent berishda asos bo‘ladi. Kim oldin topshirgan bo‘lsa, patent o‘shanga tegishli bo‘ladi.
Davlat boji
Davlat boji: patentlash jarayonida davlatga to‘lanadigan majburiy to‘lov. Bu to‘lovsiz jarayon davom ettirilmaydi.
Davlat bojlari narxi haqida: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini
Ularni arzonlashtirish bo’yicha qo’llan esa ⭐️Bu yerda
Patent guvohnomasi
Patent guvohnomasi: patentlash muvaffaqiyatli yakunlangach beriladigan rasmiy hujjat bo‘lib, u brend yoki ixtiro himoyalanganini tasdiqlaydi.
Intellektual mulk
Intellektual mulk: inson aqliy faoliyati natijasida yaratilgan obyektlar majmui. Bunga brend nomi, logo, ixtiro, dasturiy ta’minot va dizaynlar kiradi.
Albatta, Patentchi bilan 1 oyda brendingizni patentlab olishingiz mumkin
Albatta, Toshkent shahar, Labzak ko’chasi, 64A uyda sizni kutib qolamiz.
Mo’ljal: C-Space Co-working binosi
Yandex xarita orqali ko’rish