“Silk” brendidan ruxsatsiz foydalanish 135 mln. so‘mga tushdi!

Silk-brendidan-ruxsatsiz-foydalanish-135-mln.-so‘mga-tushdi

Maqola xulosasi (summary): Maqola Adliya vazirligining intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan rasmiy xabar asosida tayyorlangan. Unda «Silk» brendi va undan noqonuniy foydalanish, uning oqibatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Bugun ko‘p tadbirkorlar o‘z brendlarini ro‘yxatdan o‘tkazib, uni rivojlantirish maqsadida moddiy resurslarini sarflayotgan bir vaqtda tayyor mahsulotdan ruxsatsiz foydalanishga urinayotgan ayrim “uddaburon” shaxslar afsuski yo‘q emas.

Xususan, adliya organlari tomonidan “ROSE DIAMOND” XKga tegishli bo‘lgan “Silk” tovar belgisiga nisbatan intellektual mulk huquqlari “S.B.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “S.B.” MChJ tomonidan “Silk” tovar belgisidan ruxsatsiz foydalangan holda kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarilganligi aniqlandi. Holat bo‘yicha adliya organlari tomonidan “S.B.” MChJga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi. 

Shuningdek, holat yuzasidan “ROSE DIAMOND” XK sudga murojaat qildi va sudning 4.12.2025-yildagi qarori bilan “S.B.” MChJdan 123 mln. so‘m miqdorida tovon puli va 12 mln. so‘m sud xarajatlari undirilishi belgilandi.

⚠️ Agar brendingizni noqonuniy foydalanilayotganidan xabar topsangiz Patentchi ishonchli patentlash agentligiga murojaat qiling yoki Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingiz mumkin.

Quyida Patentchi agentligining telefon raqamlari va murojaat qoldirish havolasi:

Murojaat qoldirish: Patentchi.uz

Telefon: +998-(55)-588-8777

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan