Brendingizni “uxlatishdi, endi nima qilasiz?

Bunday holatda brendingizni qaytarib olish uchun 3 ta ketma-ketlikda bajarish kerak boʻlgan qadam bor.

  1. Adliya vazirligiga brendingizni patentlash uchun topshirish.
  2. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga murojaat qilib, brendingizni boshqa kishi patentlashga topshirganini bildirish.
  3. Patentlashga topshirgan brendingizning raqobatchi taraf mahsulotidan oldin foliyat olib borganini boshlaganingizni isbotlab berish.

Yuqoridagi barcha ishlar bajarilganidan keyin Monopoliyaga qarshi kurash qo’mitasining qaroriga ko’ra Adliya vazirligi raqobatchingizga bergan patent guvohnomani bekor qilib, patent guvohnomasini sizga olib beradi.

Lekin koʻpchilik tadbirkorlar brend aynan oʻziga tegishli ekanligi va
raqobatchisidan oldin ish boshlaganini isbotlab bera olmaydi.

Agarda siz hali ham brendingizni patentlamasdan faoliyat yuritayotgan boʻlsangiz, istalgan tadbirkor sizning brendingizni patentlab olishi mumkin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan