Patentlash bu – O’ziga tegishli bo’lgan nom, logotip va qadoq dizayni ko’rinishi kabi brend atributlarini adliya vazirligi orqali shaxsiy mulki qilib olish hisoblanadi. Tadbirkorlarimiz birinchidan bozorda o’z brendlarini yo’qotmasligi, ikkinchidan brendning obro’si tushib ketmasligi va uchunchidan brendlarini yaxshi pulga sotib bilishlari uchun o’z brendlarini patentlashlari kerak bo’ladi.
Hozirgi paytda faqatgina brend darajasiga chiqishga harakat qilayotgan korxona va biznes egalarigina raqobatga dosh beryapti.
Bunday vaziyatda kompaniyalar o’z nomlarini brend sifatida qonuniy va vaqtida patentlab olishi juda ham muhim hisoblanadi.
Chunki bozorda ma’lum bir obro’ va oʻringa ega bo’lganingizdan keyin sizning nomingiz ostida soxta brendlar ham chiqishni boshlaydi.
Yana bir fakt, har kuni Adliya vazirligidan 100 ga yaqin patentlash uchun loyihalar topshiriladi.
Bu topshirilgan brendlar orasida mening nomimga o’xshashi yo’q deb hech kim kafolat bera olmaydi.
Shunday qilib, tadbirkorlar brendga tikkan pulingizni saqlab qolish uchun hozirdan harakatni boshlang. O’zimizni mijozlarimizdan bir nechtasida xuddi shunaqa holat bo’ldi, ya’ni loyihani va patentlashni kechiktirib o’z brendlarini yo’qotishdi.
Siz brendingizni qachon patentlamoqchisiz, kommentariyada yozib qoldiring.