Brendni patentlash narxi qancha? | Patent narxlari 2026

Brendni patentlash narxi necha pul?
Yuqoridagi savol ko’pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Ayniqsa yangi 2026-yilgi narxlar haqida yangi ma’lumotlar kerak bo’lishi mumkin. Bugungi kunda tadbirkorlik o‘z brendingizni huquqiy jihatdan himoya qilishni istaydi. Chunki bozorda muvaffaqiyat qozonganingiz sari raqobatchilar ham ortib boradi. Tabiiy ravishda ular sizning nomingizdan foydalanishlari mumkin. Shu omillarni hisobga olgan holda brendni patentlash tadbirkorlar uchun zaruriy ehtiyojga aylanadi.
Ammo ko‘pchilikni qiziqtiradigan savol shuki: brendni patentlash narxi necha pulga tushadi?
Brendni patentlash narxi qanday belgilanadi?
Brend yoki tovar belgisini patentlash narxi bir necha jihatlarga bog‘liq bo‘ladi. Uning asosiy narxiga ta’sir qiluvchi faktor bu patent sinfi. Ya’ni sizning mahsulotingiz yoki xizmatingiz qaysi sohada faoliyat yuritishiga qarab, u muayyan xalqaro sinflar bo‘yicha tasniflanadi. Har bir sinf bo‘yicha alohida ro‘yxatdan o‘tkazish kerak bo‘ladi.
Masalan, agar siz faqatgina kiyim-kechak ishlab chiqarayotgan bo‘lsangiz, sizga faqat shu soha bo‘yicha patent olish kifoya qiladi. Lekin agar siz shu bilan birga parfyumeriya, aksessuar yoki oziq-ovqat mahsulotlari ham ishlab chiqarsangiz, har bir yo‘nalish alohida sinf hisoblanadi va shunga qarab xarajat ko‘payadi.
O‘zbekistonda brendni patentlash narxi qancha?
O‘zbekistonda bir sinf uchun brendni patentlash narxi barcha xizmat va davlat bojlari bilan hisoblaganda taxminan $620 atrofida bo‘ladi. Bu narx patentlash jarayonida:
- hujjatlarni tayyorlash,
- arizani topshirish,
- davlat bojlari,
- yuridik xizmatlar
kabi bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
Brendni patentlash qancha vaqt oladi?
O‘zbekistonda brendni patentlash jarayoni o‘rtacha 7-10 oy davom etishi mumkin. Biroq bu vaqt davomida sizning brendingiz ariza asosida muhofaza ostiga olinadi, ya’ni boshqa shaxslar uni ro‘yxatdan o‘tkazib ololmaydi.
Tezkor patentlash esa 1 oydan 3 oygacha vaqt oladi.
Nega Patentchini tanlash kerak?
Patentlash jarayonida tajribali mutaxassislar bilan ishlash katta ahamiyatga ega. Patentchi kompaniyasi O‘zbekistonda yuzlab mijozlarning brendini huquqiy jihatdan himoya qilgan va bu sohada katta tajribaga ega. Mutaxassislar barcha hujjatlarni to‘g‘ri tayyorlab, jarayonni tezlashtirishga yordam beradi.
Quyida bog’lanish uchun kontaktlarni qoldiraman:
- Murojaat qoldirish uchun: https://patentchi.uz
- Telefon: +998-91-004-6630