O‘zbekistonda brendni patentlashda kerak bo‘ladigan hujjatlar | 2026

Ozbekistonda-brendni-patentlash-qancha

Maqola mazmuni (summary): Maqolada O’zbekiston hududida Adliya Vazirligi tomonidan o’z brendini (tovar belgisini) patent qildirmoqchi bo’lganlar uchun nima hujjatlar kerak bo’lishi bayon qilingan. Ikki xil usulda tovar belgisiga patent olish mumkin: jismoniy shaxs nomiga yoki yuridik shaxs nomiga. Ikkalasi uchun ham nima hujjatlar talab qilinishi ro’yhat ko’rinishida keltirilgan.


O‘zbekistonda brendni patentlash masalasi so‘nggi yillarda tadbirkorlar va startaplar orasida juda dolzarb bo‘lib bormoqda. Ayniqsa Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan bizneslar brendlarini iloji boricha erta patentlashga harakat qilmoqda. Masalan, yaqinda Andijonlik tadbirkor «Sakina» nomli brendlarini hali faoliyatlarini boshlamasdan avval patentlab oldilar.

O‘zbekistonda brendni patentlash uchun topshiriladigan hujjatlar ariza beruvchining jismoniy yoki yuridik shaxs ekanligiga bog‘liq.

O‘zbekistonda jismoniy shaxs nomiga patentlash uchun hujjatlar

Siz yakka tartibda faoliyat yuritsangiz va brendni o‘z nomingizga patentlamoqchi bo‘lsangiz, quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • Pasport nusxasi Pasportning asosiy sahifalari patent hujjatlari uchun ishlatiladi.
  • Patentlanadigan tovar belgisi Bu brend nomi, logotip yoki ularning kombinatsiyasi bo‘lishi mumkin. Logotip elektron formatda taqdim etiladi.
  • Ishonchnoma O‘zbekistonda patentlash jarayoni ko‘pincha patent vakili orqali olib boriladi. Ishonchnoma patent agentligi tomonidan tayyorlanadi va ariza beruvchi tomonidan imzolanadi.

O‘zbekistonda yuridik shaxs (MChJ) nomiga patentlash uchun hujjatlar

Agar brend firma nomiga patentlanadigan bo‘lsa, hujjatlar ro‘yxati quyidagicha bo‘ladi:

  • MChJ davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi guvohnoma Ushbu hujjat kompaniyaning rasmiy mavjudligini tasdiqlaydi.
  • Ishonchnoma Patent vakiliga kompaniya nomidan ish yuritish huquqini beradi. Ishonchnoma korxona rahbari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.

Patentchi orqali patentlashning afzalliklari

  1. Rasmiy patent vakili Zokir Umedov patentlash jarayonida o’z maslahatlarini ayamaydilar.
  2. Oldindan aniq narxlar ya’ni jarayon davomida hech qanday ortiqcha to’lovlar talab qilinmaydi.
  3. Professional xizmat
  4. Doimiy nazorat
  5. Katta tajriba

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan